Sovetskiy sport: Vilanova Rubinda ish boshlashi mumkin

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014
Barselona sobiq ustozi Tito Vilanova Qozonning Rubin klubida ish boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda Sovetskiy sport.
Bo'sh o'ringa Vardan Minasyan, Stanislav Cherchesov, Yuriy Semin, Anatoliy Byshovec va bir qator murabbiylar davogar.

Rubinning yangi bosh murabbiyi nomi 11 yanvar kuni e'lon qilinishi mumkin, aynan shu kuni Rossiya chempionatining ikkinchi qismiga tayyorgarlik boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyi oxirida Rubin 12 yil davomida ish olib borgan Qurbon Berdievni ishdan bo'shatgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru