So'rovnomada ishtirok etganlarning katta qismi Kuper saviyasiga shubha qilmoqda

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2019, 14:01
Bugun, 3 iyun kuni saytimizning Telegramdagi rasmiy kanalida so'rovnoma o'tkazdik.

Unda ishtirok etgan 4406 o'quvchimizning  62% "Ektor Kuper bugungi kun saviyasidagi murabbiymi?" degan savolga YO'Q deb javob bergan. 38% ishtirokchi esa HA tugmasini bosganlar.

Eslatib o'tamiz, kecha, 2 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

So'rovnomada ishtirok eting: TELEGRAM

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia