“Son”ga yangi murabbiy tayinlandi

Murat Yakin Shveytsariyaning “Son” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Murabbiy bilan bir yillik kelishuvga erishildi.

Ushbu mutaxassisning so'nggi klubi “Grassxopper” bo'lgandi. U bahorda iste'foga chiqarilgandi.

43 yoshli shveytsariyalik mutaxassisning jamoasi mamlakat chempionatida 6 uchrashuvdan so'ng 6 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 8-pog'onani egallab turibdi.


Manba: "Сьон" ФК расмий сайти