Son Xyon Min yanvar oyi oxiriga qadar safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2022
"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xyon Min oyning qolgan qismini jarohati sababli o'tkazib yuboradi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte xabar berdi.

Futbolchi Angliya Liga Kubogi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi.

Shu orqali janubiy koreyalik futbolchi "Chelsi"ga qarshi javob o'yini, shuningdek, APL doirasida "Arsenal"ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.

Ushbu mavsumda xavbek chempionatda 17 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal