Son intervyu vaqtida jamoadoshi ismini to'g'ri ayta olmadi

Omonjon To`xtamirzayev
27 sen 2023
"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xyon Min APL doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yindan (2:2) keyin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Intervyu vaqtida futbolchi jamoadoshi - Miki van de Venning ismini aytishda adashib ketdi. Koreyalik uni Miki van de Ve deb gapirayotganida jurnalist suhbatdoshini to'g'riladi. "Tottenxem" sardori bu holatni yuzida tabassum bilan qarshi oldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: talksport.com