Son faoliyatidagi ikkinchi qizil kartochkasini oldi

Aslanov Jasurbek
4 may 2019, 18:20
"Bornmut" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi APLning 37-tur uchrashuvida 2ta chetlatish sodir bo'ldi.

"Shporlar"ning ikkin futbolchisi Son Xyon Min va Xuan Foytga qo'pol o'yin uchun bosh hakam qizil kartochka ko'rsatdi.

Ushbu chetlatish janubiy koreyalik futbolchining faoliyatidagi ikkinchisi bo'ldi. Son Xyon Min bundan avval 5 yil oldin - 2014 yilning 29 oktyabrida qizil kartochka olgan edi. O'shanda u "Bayer" safida "Magdeburg" o'yinchisiga qo'pollik ishlatgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football