Solomin o'ziga yangi jamoa qidiradi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 12:45
Yakuniga etgan chempionatda “Sho'rtan” klubi sharafini himoya qilgan Pavel Solomin o'ziga yangi jamoa qidiradigan bo'ldi.
Ma'lumki, chempionat yakunlariga ko'ra, g'uzorliklar oliy ligani tark etishdi. Natijada “Sho'rtan” bilan bir nechta asosiy tarkib futbolchilari xayrlashishi kutilmoqda. Toshkentlik hujumchi ham shular jumlasidandir.

“Hozircha tatildaman va faoliyatimni qayerda davom ettirishni ko'p ham o'ylayotganim yo'q, - deydi Solomin. – Keyinchalik o'zimga yangi jamoa qidirsam kerak”.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, Solomin bu yil oliy ligada 25ta o'yinda maydonga tushib, jami 1832 daqiqa harakat qildi va 7ta gol urib, to'rt marta sariq kartochka bilan jazolandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia