Solari "Barselona" "Real"dan bir kun ko'p dam olishi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019, 18:14
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Levante"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 25-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"O'tgan haftada ochko yo'qotdik, farq yiriklashdi, endi yana uni qisqartirishimiz kerak. "Real" LaLigada oxirigacha kurashishi lozim.

Ertaga doimo qiynaladigan stadionimizda o'ynaymiz. Raqibni mag'lub etishga urinamiz.

Ilk daqiqadan o'z o'yinimizni ko'rsatib, agressiv harakat qilishimiz lozim.

Ramosning diskvalifikaciyasi? Bu savol bo'yicha hammasi aniq bo'lsa kerak, Serxio tushuntirish berdi. Bu borada hech qanday shubha yo'q, u chetlatilmaydi deb o'ylayman.

Peres bilan uchrashuv? Bu shaxsiy masala.

"Barselona" haqida to'xtaladigan bo'lsam, ular bir kun ko'p dam olishi g'alati. Taqvim juda ajoyib tuzilgan. Turli sharoitlarda o'ynashimiz tufayli, vazifani uddalash qiyin bo'ladi.

Isko? U cheklovlarsiz shug'ullanmoqda. Lorente esa yo'q, ammo u tezroq safga qaytishiga umid qilyapmiz" - deydi Solari.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/dermotmcorrigan