Solanke YCHLda o'ynagan Chelsining eng yosh futbolchisi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2014, 08:12
Chelsi hujumchisi Dominik Solanke YCHL 3-turidan o'rin olgan Mariborga qarshi o'yinda (6:0) ishtirok etdi.
Shunday qilib, Solanke 17 yosh va 112 kunligida maydonga tushib London klubi safida YCHLda o'ynagan eng yosh futbolchiga aylandi. Oldinroq bu natija Josh Makikranga tegishli edi. Bu futbolchi 17 yosh va 198 kunligida ushbu musobaqada maydonga tushgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru