“So'g'diyona”ning “Sho'rtan”ga qarshi tayyorgarligi bugundan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2017, 11:19
Ma'lumki,oliy liganing 25-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Metallurg”ga qarshi bahs olib borib g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng murabbiylar shtabi futbolchilarga 2 kunlik tatil berishga qaror qildi. Bugun kechga jamoa “So'g'diyona” qarorgohida yig'iladi va navbatdagi turdagi raqibi “Sho'rtan”ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi. Jamoamiz sardori Sanjar Rashidov “Metallurg”ga qarshi bahsda 4 chi sariq kartochka oldi va u “Sho'rtan”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Ixtiyor Toshpo'latov ham o'tgan o'yinda qizil kartochka olgan edi. Har ikkala futbolchi ham “Sho'rtan”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.  

 Anvar Almatov boshchiligidagi o'rinbosarlarimiz navbatdagi turga tayyorgarlikni shanba kuni boshladi.

Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona”  “Sho'rtan”ga qarshi safarda  bahs olib boradi. Yoshlar ligasi bahsi 26 oktyabr kuni ,asosiy tarkib o'yini esa  27 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

 
“So'g'diyona ” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia