

“So'g'diyona”ning 24-turdagi bahsi safarda “Mashal”ga qarshi bo'lib o'tadi. Bahs 13 oktyabr (juma) kuni bo'lib o'tadi. 25-turda “So'g'diyona” o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 20 oktyabr (juma) kuni bo'lib o'tishi belgilangan. 26-turda jizzaxliklar G'o'zorga safar qilishadi va “Sho'rtan”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 27 oktyabr (juma) kuni o'tkaziladi.
Yoshlar ligasi bahslari asosiy tarkib o'yinidan bir kun oldin bo'lib o'tadi.
“So'g'diyona” matbuot xizmati



