“So'g'diyona” yoshlari "Bunyodkor" yoshlariga yutqazishdi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2018, 11:15
Anvar Almatov boshchiligidagi “So'g'diyona” o'rinbosarlari mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tayyorgarlik davomida jamoa murabbiylari bir nechta klublar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini  o'tkazib, futbolchilarining jismoniy holatlarini ko'zdan kechirmoqdalar. Bu safar sparring raqib sifatida “Bunyodkor” yoshlar jamoasi tanlandi.

“Bunyodkor” akademiyasi maydonida ushbu uchrashuv bo'lib o'tdi. O'yin juda qiziqarli va  keskin kurashlarga boy bo'ldi. Bahs davomida yoshlarimizda ko'plab golli vaziyatlar yarata olishdi, ammo yosh charm to'p ustalari ulardan samarali foydalanishmadi.  “Yosh qaldirg'ochlar” esa  aksincha yaratilgan vaziyatdan unumli foydalana olishdi. Gol “Bunyodkor”ning umidli yoshlaridan biri Farxod O'tkirovga yozildi.

27 yanvar 2018 yil

"Bunyodkor" (yoshlar) - "So'g'diyona" (yoshlar) 1:0
Gol: Farxod O'tkirov
“So'g'diyona” yoshlar: Azamat Soipov, Asil Orifov, Jasur Urinov, Muxammad Yaxyoev, Zaxriddin Abduvaliev, Murodxo'ja Jabborov, Nodir Qo'yboqov, Muslim Abdullaev, Sahob Rashidov, Doston Oripov, Ibrohim Qodirov.
Zaxira: Fazliddin Isomiddinov, Javohir Xayrullaev, Asil Ibodov, Jamshid Sherqulov, Hayot Shodmonov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz