"So'g'diyona" uch nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2020, 19:31
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yangi mavsumdan oldin uch nafar xorijlik futbolchi bilan shartnoma tuzdi.

Bu haqda PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi. PFL sayti hozircha bu borada hech qanday xabar tarqatgani yo'q.

Milan Mitrovich (1991) - Serbiya
Marko Kalakovich (1993) - Serbiya
Ribeyro Dantas (1992) - Braziliya


Yuqoridagi futbolchilar 2020 yil oxiriga qadar "So'g'diyona"da o'ynashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia