So'g'diyona to'rt yillik noxush ananaga chek qo'ydi

Khoja
17 iyun 2024, 10:00
Kecha So'g'diyona Nasafga qarshi bahs olib bordi va uchrashuvda g'alaba qozondi.

Ushbu g'alaba orqali jizzaxliklar Nasaf bilan o'zaro uchrashuvlardagi sakkizta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. So'g'diyona so'nggi bor 2020 yilda Nasafni 3:1 hisobida taslim etgan. Shundan so'ng tashkil etilgan 8 ta bahsning (4 ta mag'lubiyat, 4 ta durang) hech birida jizzaxliklar g'alaba qozona olmagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl