“So'g'diyona” qarorgohida rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda FOTO

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2018, 18:03
Yangi mavsum oldidan “So'g'diyona” qarorgohida qayta rekonstrukciya ishlari boshlab yuborildi.

Jamoa murabbiylari va futbolchilari uchun yangi yilda yana ham qulayliklar yaratish maqsadida qarorgoh maydoni, yo'llari va futbolchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsad qilingan.  O'yin maydonining holati ham butunlay yaxshilanadi.  

Yangi mavsum boshlangunga qadar  klub qarorgohida olib borilayotgan ishlar yakuniga etkazilishi kutilayapti.  Jamoa a'zolarini zamonaviy talablarga javob beradigan xonalarda istiqomat qilishlari uchun harakat qilinmoqda  Dastlabki rejalarga ko'ra yaqin kunlar ichida klub qarorgohi yangicha ko'rinishga keltiriladi.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aks etgan fotosuralar bilan quyida tanishishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати