“So'g'diyona” o'z tarixida birinchi bor Farg'onada g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 09:51
Oliy liganing 22-turida "Neftchi" o'z uyida "So'g'diyona"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
“So'g'diyona” bugunga qadar Farg'onada umuman g'alabaga erisha olmagandi. Vodiyda bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan 17ta o'yinning 16tasida “Neftchi” uch ochkoga ega bo'lgan. Yagona durang 1992 yilgi mavsumda qayd etilgandi.

Bu yil Davron Fayziev boshchiligidagi “So'g'diyona” klubi Farg'onada dastlabki g'alabani qo'lga kiritdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia