"So'g'diyona" oxirgi 14 yilda hech qaysi klub qila olmagan ishni qildi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 17:33
2017 yilgi oliy liga yakunlari borasidagi ma'lumotlar berishda davom etamiz.

Bu safar qizil kartochkalarga to'xtalib o'tamiz.

Bir yo'la uchta klub "Lokomotiv", "Nasaf" va "Qo'qon-1912" futbolchilari ushbu mavsumda umuman qizil kartochka olishmadi.


Jizzaxning "So'g'diyona" klubi a'zolari esa 8 marta qizil kartochka olib oxirgi 14 yillikning mutloq rekordini o'rnatishdi. Gap shundaki 2004 yildan buyon hech qaysi klub bir mavsumda 7tadan ortiq qizil kartochka olmagandi.


2003 yilda "Guliston" klubi bir yilda 10 marta qizil kartochka olgandi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia