“So'g'diyona” o'rinbosarlari 2-davra uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017, 12:06
“So'g'diyona” o'rinbosarlari asosiy tarkib o'yinchilari kabi ikkinchi davra uchun tayyorgarlikni Zomin tog' yon bag'rida o'tkazishdi.

Anvar Almatov boshchiligidagi jamoa tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 

"Jamoa o'rinbosarlari oldiga mavsumni 8-o'rinda yakunlash vazifasi qo'yilgan. Hozirda e'tibor mahalliy yoshlarga qaratilgan bo'lib, davralar oralig'ida ikkinchi liganing yosh va mahoratli  futbolchilari saralanib olinadi" - deydi o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi Anvar Almatov. 

Ikkinchi davra boshlangunga qadar o'rinbosarlar jamoasi bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarni o'tkazadi. Shulardan biri, ertaga, 15 iyul kuni soat 17:00 da birinchi liga jamoasi “G'allaorol”ga qarshi bo'lib o'tadi. Bahs “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

"So'g'diyona" matbuot-xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia