"So'g'diyona" - "Metallurg" o'yini Yangierda bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2015
Xabaringiz bor, shu hafta Oliy Ligada 5-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Tur o'yinlari doirasida bo'lib o'tadigan "So'g'diyona" hamda "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi o'yin kutilganidek Jizzaxda emas, Yangierda bo'lib o'tadi. Sal avvalroq, ushbu o'yin Jizzaxdagi yangi stadionda bo'lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, "So'g'diyona" klubi rasmiy tvitterining xabar qilishicha, o'yin Yangier shahridagi "Yangier" stadionida bo'ladi. Bahs 18 aprel kuni soat 17:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni ham shu stadionda o'tkazgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia