So'g'diyona – Mashal bahsini Muhamedov boshqaradi

"Mashal" Oliy liganing navbatdagi turini safarda o'tkazadi.
Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan bahsning hakamlar guruhi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra mazkur bahsni Murod Muhamedov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'ldi. Unga qanotlarda Snetkov va Nugmanov yordam bersa, zaxira hakami sifatida Akmal Ergashev ishlaydi. O'yinda Alisher Abdullaev nazoratchi hakam sifatida ishlaydi.

Oliy liga, 7-tur.
So'g'diyona (Jizzax) – Mashal (Muborak)
Hakamlar:
M. Muxamedov (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), R. Nugmanov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 2 may kuni "So'g'diyona" mehmonlarni qabul qiladigan stadionda bo'lib o'tadi.

Manba: fcmashal.uz