"So'g'diyona": Kimsanov, Yo'ldoshev va Abdurahmonov o'z xohishlariga ko'ra jamoadan ketishdi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2013, 10:43
Zomin tog' yonbag'rlaridagi dastlabki yig'in yakunlandi.
Ajoyib ob-havoga ega bo'lgan Zominning so'lim go'shalariyu, tog' yon-bag'rlarida “So'g'diyona” jamoasi dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib yana o'z qarorgohlariga qaytishdi. Mashg'ulotlar davomida asosan jismoniy tayyorgarliklarga jiddiy e'tibor qaratildi. Hozircha jamoani tark etganlar:  Jalil Kimsanov, Xurshid Yo'ldoshev, Akmal Abdurahmonov. Ushbu futbolchilar o'z xohishlariga ko'ra jamoani tark etishdi.

Bugun tushlikdan so'ng jamoa Toshkent shahriga yo'l oladi. Mashg'ulotlarning ikkinchi qismi poytaxtda davom ettiriladi. Yig'in davomida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazilishi reja qilingan. Shuningdek, bir necha nazorat uchrashuvlari o'tkazish ham belgilab olingan.

“So'g'diyona” PFK matbuot hizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz