"So'g'diyona": Jizzaxlik muxlislarni TTYMI stadioniga taklif etamiz

Narzulla Saydullayev
16 avg 2015, 13:00
Jizzaxlik muxlislar “Lokomotiv” - “So'g'diyona” uchrashuviga tashrif buyurishadi.

18-tur o'yinlari doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv”-“So'g'diyona” uchrashuvi Toshkent temiryo'llari va muhandislik instituti stadionida bo'lib o'tadi (Shimoliy vokzaldan o'tganda, ruschada “transportnyy institut”). Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi. Ushbu uchrashuvga “So'g'diyona”ning ashaddiy muxlislari ham tashrif buyurishni rejalashtirishgan.  Jamoamiz uchun har bir o'yin muhim va suv-havodek zarur ochkolar uchun maydonga tushadi. Barcha Jizzaxlik futbol muxlislarini ushbu uchrashuv davomida o'z sevimli jamoamizni stadiondan turib jonli ravishda qo'llab-quvvatlab turishga chorlab qolamiz. Mehmonlar uchun stadion darvozasidan kirilganda chap tomonda  2 ta sektor ajratilgan.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv”-“So'g'diyona” uchrashuvi 17 avgust (dushanba) kuni soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz