“So'g'diyona” "Dinamo" va "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2018
FIFA kunlari sababli milliy chempionatimizda tanaffus yuzaga kelgan.

Ushbu tanaffusdan unumli foydalanish va futbolchilarning o'yin amaliyotini yo'qotmasligi,  jismoniy tayyorgarlikni bir maromda ushlab turish maqsadida  “So'g'diyona” jamoasi murabbiylar shtabi  ikki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan.

Jamoa 30 avgust kuni Samarqandda Pro liga vakili “Dinamo” va 6 sentyabr kuni Toshkentda “Paxtakor” ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати