“So'g'diyona” bugun ko'k, AGMK oq rangli libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2018
Superliga 21-turida “So'g'diyona” o'z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi.

Ushbu bahs oldidan o'yin komissari Laziz Qo'chqorov  boshchiligida har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Unda bugungi o'yinning tashkiliy masalalari hal qilindi va uchrashuvda jamoalar qanday libosda harakat qilishlariga aniqlik kiritildi. Unga ko'ra “So'g'diyona”  ko'k,AGMK  esa  oq  rangli  libosda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz,bahs bugun 11 avgust kuni  soat 18:00 da  “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz