"So'g'diyona" 6 kun ichida 5ta o'yin o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2016, 14:00
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi 2016 yilgi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'rmoqda.

Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa keyingi haftada 5ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

25 yanvar kuni "Nasaf", 26 yanvarda "Obod"ga qarshi o'ynaydigan jizzaxliklar chorshanba kuni Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi maydonga tushishadi. 28 yanvar kuni raqib "Olmaliq" bo'ladi. Nihoyat 30 yanvarda "So'g'diyona" "Navbahor" bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia