

Bugun “So'g'diyona” markaziy stadionida “So'g'diyona” jamoasining yangi futbolchilarining tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. Unda Jizzax viloyat futbol federatsiya rahbarlari, klub xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Yangi kelgan futbolchilarni quyidagi raqamli futbolkalar topshirildi:
Iskandar Shoyqulov - 3
Kaxi Maxaradze - 5
Jamshid Boltaboev - 14
Murod Rajabov - 15
Dostonbek Toshmatov - 17
Muhammadali Yuldashev - 23
Javohir Sohibov - 25
Davronbek Umirov - 28
Dian Talxatov - 32
Durbek Kamolov - 70
Daniel Nasriddinov - 77
Qirg'izistonlik legioner Sherzod Shakirov ham yangi mavsumni "So'g'diyona" safida o'tkazadi. U bugun ma'lum sabablarga ko'ra tanishtiruv marosimiga kela olmadi. Himoyachi Jizzax klubi tarkibida 18-raqamda o'ynaydi.















