

Uchrashuvda "Istanbul Bashakshexir" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan biriga Abbos Fayzullayev ishlagan penaltini golga aylantirgan Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
O'zbekistonlik ikki futbolchi ham bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 70 daqiqa to'p tepdi. SofaScore tahliliga ko'ra, Shomurodov 6,7 ball, Fayzullayev esa 7,1 ballga loyiq deb topilgan.



