Sofascore. Shomurodov debyut goli uchun necha bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
14 sen 2025, 09:00
Turkiya Superligasi 5-tur doirasidagi "Beshiktosh" - "Istanbul Bashakshexir" (2:1) o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 85-daqiqada zaxiraga olindi. O'zbekiston MTJ hujumchisi 71-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. Mehmonlarning yana bir o'zbekistonlik o'yinchisi Abbos Fayzullaev 90+3 daqiqaga kelibgina o'yinga qo'shildi.

Sofascore nashri Eldor Shomurodovga 7,6 baho qo'ygan bo'lsa, Abbosbek Fayzullaev 6,7 bahoga loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sofascore.com