Sobit Sindarov: “G'alaba katta ishtiyoq evaziga qo'lga kiritildi”

Iskandarov Abdulaziz
20 mar 2022, 15:43
Kecha Pro liganing 3-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Turon” (2:1) bahsi o'tkazildi.

O'yindan keyin “Buxoro” futbolchisi Sobit Sindarov fikrlariga quloq tutdik. 

"O'yin ajoyib o'tdi. Bugun maydonga g'alaba qozonish uchun tushgandik. Shu sababli jamoaviy birdamlik va hamjihatlik bilan oldinga qarab intildik. 

Bugun jamoaning g'alabaga bo'lgan katta ishtiyoqi muhim rol o'ynadi. Aynan shu jihat bizni muvaffaqiyatga olib keldi. Bundan barchamiz xursandmiz va keyingi turlarda ham g'alaba qozongan holda, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. 

O'yin oldidan gol urishni maqsad qilgandim. Xudoga shukrki, bugun gol urib, jamoaga g'alabasiga o'z hissamni qo'shdim.

Avvalgi turdagi natijalarimiz haqida gapirsam, jamoada ko'plab futbolchilar yangi. Sekin-asta jamoaviy o'yin yo'lga tushib bormoqda. Natijalarimiz ham yaxshilanib borishiga shubham yo'q",- deya so'zini yakunladi Sindarov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia