Sobir Xamidov "Turon" bosh direktori lavozimiga tayinlandi

Оқил Абдубарноев
10 yanv 2022, 21:20
Faoliyati davomida "Navbahor", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912" kabi klublar safida to'p surgan sobiq futbolchi Sobir Xamidov "Turon" bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Sobir Xamidov "Turon" futbol klubi tashkil etilganidan beri jamoa shtabida faoliyat olib boradi. Shuningdek, u O'zbekiston tumanida tashkil etilgan "Olimjon Akbarov" nomli jamoada ham o'ynagan.  

Sobiq futbolchi "Turon"ga dastlab futbolchi sifatida jalb etilgan bo'lsa, so'nggi ikki mavsumdan buyon sport direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Турон" ФК матбуот хизмати