Sobiq hakam Arauxoning qo'polligi haqida: Bu qizil emas

Khoja
17 apr 2024, 11:05
Sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales Ronald Arauxoning harakatlarida hech qanday qo'pollik ko'rmaganini ma'lum qildi.

Ushbu vaziyatda Arauxo to'p uchun kurashda PSJ hujumchining elkasiga qo'lini qo'ydi va buning natijasida raqib yiqildi. Menimcha, bu yerda nafaqat qizil, balki qo'pollik ham yo'q edi, - dedi Eduardo Iturralde Gonsales.

Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan uchrashuvning 29-daqiqasida bosh hakam Ishtvan Kovach Ronald Arauxo Bredli Barkolaga qarshi qo'pol o'ynadi deb hisobladi va to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Ushbu vaziyatga qadar mezbonlar 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Barselona bitta kishi kam bo'lib qolganidan so'ng 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com