Sneyderning "Al Garafa" safidagi birinchi golini ko'rdingizmi? VIDEO

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2018
"Paxtakor"ning OCHL-2018 pley-offidagi raqibi Qatarning "Al Garafa" klubi kuni kecha "Umm Salal" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda Uygun Bulent boshchiligidagi mehmonlar 4:2 hisobida zafar quchishdi. Gollandiyalik mashhur yarim himoyachi Uesli Sneyder "Al Garafa" safidagi debyut golini urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, 30 yanvar kuni "Paxtakor" safarda "Al Garafa" mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinda g'olib bo'lgan jamoa guruh bosqichiga yo'l oladi.

"Umm Salal" - "Al Garafa" 2:4
Gollar: 
Yannik Sagbo 69 penalti, Ibrohim Nadiya 81 - Ahmad Alaeldin 33, Otman Alavi 45, Uesli Sneyder 61, Amro Abdulfattoh Ali Surag 90+4
"Al Garafa": Qosim Burhon, Almahdi Ali, Monkez Muhammad, Uesli Sneyder, Abdulaziz Xotam (Said Alhaj, 62), Diogo Amado, Xolid Al Zreiqi, Otman Alavi (Munir Abdulg'ani, 79), Fuhaid Sattam, Moyaed Hassan (Amro Abdulfattoh Ali Surag, 62), Ahmad Alaeldin.


TAS-IX emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia