Sneyder faoliyatini "Galatasaroy"da yakunlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 okt 2016, 14:18
"Galatasaroy" yarim himoyachisi Uesli Sneyder faoliyatini hozirgi klubida yakunlashi mumkinligi haqida aytdi.

"Deyarli to'rt yildan beri "Galatasaroy"da o'ynayman. Bu yerda baxtliman.

Faoliyatimni qayerda yakunlashim mumkin? Futbolchilik faoliyatimni boshlagan "Ayaks"ga qaytishim ehtimoli bor, ammo bu yerda muxlislar bilan o'zgacha aloqa borligini his qilasiz. Men va oilam baxtlimiz" - deydi Sneyder.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal