Smolling derbidagi tanaffusda Joze Mourinyo futbolchilarga nimalar deganini aytdi

Mirjalol Normatov
8 apr 2018, 13:18
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling derbidagi g'alaba haqida gapirdi.

"Birinchi bo'lim biz uchun juda yomon o'tdi. Biz o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik.

Mourinyo tanaffusda nimalar dedi? U bizni masxaraboz sifatida ko'rishni istamayotganini, "Siti" bizni mag'lub etib, ko'z oldimizda chempionlikni nishonlayotganini ko'rish barcha "Yunayted" a'zolari uchun qiyin bo'lishini aytdi.

Shu boisdan biz bir bo'lib, mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvimizni o'tkazdik va g'alabaga erishdik", - dedi Smolling.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC