Sluckiy: "Bundesligada jarohat olish 250%ga o'sdi"

Alisher
30 may 2020
Qozonning "Rubin" klubi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Rossiya chempionati davom ettirilganidan so'ng o'yinchilarda jarohat olish xavfi yuqori bo'lishini aytdi.

"Bundesliga davom ettirilganidan so'ng jarohat olish 250%ga o'sdi. Shu sababdan biz ham optimal darajaga kelishimiz kerak", - deydi Qozon klubi matbuot xizmatiga.

Rossiya Premer-ligasi 17 martda koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan edi.

Musobaqa 21 iyundan davom ettiriladi, klublarga tribunalarning 10%gacha to'lishiga ruxsat berildi.


AlisherMuallif
Manba: rubin-kazan.ru