Slovakiya – Angliya. Runi, Keyn, Alli, Sterling, Uoker va Rouz zaxirada qolishadi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2016, 08:23
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Slovakiyaga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda 6ta o'zgarish qilmoqchi.

The Telegraph nashri xabariga ko'ra, uchrashuvning ilk daqiqalaridan Deniel Starrij, Jeymi Vardi, Jordan Xenderson, Jek Uilsher, Nataniel Klayn va Rayan Bertran maydonga tushishadi.

Shunday qilib, Xojson Ueyn Runi, Xarri Keyn, Dele Alli, Raxim Sterling, Kayl Uoker va Deniel Rouzga dam bermoqchi.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk