Slot Salohning so'zlari haqida: "Bu men uchun kutilmagan holat bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
9 dek 2025, 00:30
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Muhammad Saloh bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.

Misrlik vinger Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin uchun ingliz jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi. Avvalroq Saloh ketma-ket uchta o'yinda asosiy tarkibga tushmaganidan so'ng klubning o'ziga bo'lgan munosabatini tanqid qilgan edi: "Menga alam qilyapti. Men APL g'olibi bo'ldim, ushbu avlod ichida hammadan ko'p gol uryapman. Nima uchun hammasi bunday yakun topishi kerak?".


– U kimni nazarda tutganini [uni "avtobus tagiga tashlashgani" haqida gapirayotganda] tushunish men uchun qiyin. Biz unga CHL o'yiniga birga bormasligini ma'lum qildik. Unga aytgan yagona gapimiz shu bo'ldi.

– U qanday reakciya bildirdi?

– Qisqa.

– Munosabatlaringiz buzilganmi?

– Men bunday deb o'ylamayman, lekin u nimani his qilayotgan bo'lsa, shunga haqli. Uning izohlari men uchun kutilmagan holat bo'ldi.

– U "Brayton"ga qarshi o'ynaydimi?

– Ertaga bizni "Inter"ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Indinga vaziyatni yana bir bor ko'rib chiqamiz. Men qatiy ishonamanki, futbolchida har doim qaytish uchun imkoniyat mavjud.

– Saloh "Liverpul" safidagi o'zining so'nggi o'yinini o'tkazib bo'ldimi?

– Bilmadim. Hozir bu savolga javob bera olmayman, – dedi Slot.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/JacobsBen