Slot: "Kattaroq hisobda yutishimiz mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi (1:0) o'yinidan keyin fikr bildirdi.

"Juda mamnunman. Oxirgi haftalar oson bo'lgani yo'q - ko'p safarlar, o'yinlar orasida deyarli dam olish bo'lmadi.

Bunday muxlislar oldida "Real"ga qarshi o'ynash foydali, chunki bu kabi bahslar futbolchilarimizdan maksimal faollikni talab qiladi - shuningdek, muxlislardan ham. Bu mavsumda faqat bir marta mag'lub bo'lgan jamoaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdik. Kattaroq hisobda yutishimiz mumkin edi.

O'yin oldidan shunday degan edim: "Real" La Ligada 26 gol urgan, Mbappe va Vinisiusning hisobiga esa 24 golli harakat to'g'ri keladi. G'alaba qozonish uchun eng muhimi - ularning ikkisini ham to'xtatish edi. Jamoa a'lo darajada himoyalandi - ham yuqori pressingda, ham chuqur himoyada. Bredli esa ajoyib o'yin namoyish etdi. Vinisius to'xtatish har kimning ham qo'lidan kelmaydi. U esa buni mukammal bajardi.

Men futbolchilarga bitta narsani aytdim: menga faqat bitta uslub yoqmaydi - bu o'rta blokda o'ynash. Chunki "Real" hujumchilari himoyadan juda aniq vaqtda va hayratlanarli tezlikda chiqa oladi. Shuning uchun yo yuqori pressing qilish kerak, yoki orqaroqda ularga bo'sh joy qoldirmaslik lozim", - dedi Arne Slot Amazon Prime efirida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Amazon Prime