Slot Isakning o'yiniga baho berdi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isakning "Atletiko"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinidagi harakatlari haqida jurnalistlarga gapirib berdi.

Slotning BBC'ga aytishicha, Isak "matraschilar"ga qarshi o'yinda yaxshi o'ynagan va formada ekanligini ko'rsatgan. 

"Uni tomosha qilish qiziq edi, lekin muxlislar hozircha undan ko'p narsa kutishmasa kerak. Biz hozir haftada uchta o'yin o'tkazmoqdamiz va bu Isak uchun ham og'irlik qiladi", – deya qo'shimcha qildi Slot.

Isak "Atletiko"ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda tushdi va "Liverpul" 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Shvetsiyalik Mersisayd klubiga shu yozda "Nyukasl"dan kelib qo'shilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC