Slavche Voyneski: "Omad biz tarafda bo'lmadi"

Mirjalol Normatov
23 apr 2022
OCHLning 5-turi doirasida "Sepaxon"ga qarshi o'yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu futbol va unda o'ta qulay vaziyatlardan foydalana olmasang, shunday yutqazib qo'yishing mumkin. Bu oddiy o'yin. G'alaba uchun gol urish kerak. Urmasang raqib jazolaydi. Omad ham biz tarafda bo'lmadi. "Duxayl" bilan va bugungi o'yinda qanchalik ko'p vaziyatlar yaratdik. G'alaba uchun bemalol etarli edi. Futbolchilar oxirigacha kurashishdi, jonlarini berishdi. Ulardan minnatdorman. Musobaqa mobaynida omadsiz bo'ldik. 

"Sepaxon" yaxshi jamoa. Himoyada jips va tartibli o'ynaydi. O'z imkoniyatlaridan foydalanib, jazolab keta oladi. Ular imkoniyatni saqlab qolishdi va kurashni davom ettiradi", - dedi "Paxtakor" bosh murabbiyi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Paxtakor"ning guruhda qolib kyetishi oydinlashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia