Sky Sports APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisini aniqladi

Alisher
3 apr 2020, 17:52
Sky Sports o'quvchilari Angliya Premer-ligasining eng yaxshi o'yinchisini aniqlashdi.

Birinchi o'rinni 33% ovoz bilan "Liverpul" yarim himoyachisi Sadio Mane egalladi. Ikkinchi o'ringa esa "Liverpul" xavbeki Jordan Xenderson (31% ovoz) munosib ko'rildi. Uchinchi o'rinni esa "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (20% ovoz) egalladi.

5% ovozni "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk olgan bo'lsa, hujumchi Muhammad Salah 2% ovozga loyiq ko'rildi.

Eslatib o'tamiz, Mane The Guardian nashri talqiniga ko'ra ham APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports