Skuffet, Kassano va El-Shaaravi Italiya termasiga chaqirildi

12 apr 2014, 00:20
Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabi jamoa yig'ini uchun chaqirilgan 42 futbolchini ma'lum qildi.
Futbolchilar ikki guruhga bo'lingan. Har bir guruh turli vaqtda sinovdan o'tadi.

Birinchi guruh: Bardi (Livorno), Mirante, Paletta, Parolo, Kassano (hammasi  Parmadan), Perin, Bertolachchi, Jilardino (hammasi – Jenoa), Astori (Kalyari), Darmian, Cherchi, Immobile (hammasi – Torino), De Silvestri, Gabbyadini (har ikkisi – Sampdoriya), Paskual, Akvilani, Rossi (hammasi – Fiorentina), Ranokkiya (Inter), Bazelli, Bonaventura (har ikkisi – Atalanta), Bernardeski (Krotone), Kandreva (Lacio), De Rossi, Florenci (har ikkisi – Roma), Romulo (Verona), Berardi, Zaza (har ikkisi – Sassuolo), Insine (Napoli).

Ikkinchi guruh: Buffon, Pirlo, Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Markizio, Osvaldo (hammasi – Yuventus), Skuffet (Udineze), Abate, De Shilo, Montolivo, Poli, Balotelli, El-Shaaravi (hammasi – Milan).


Manba: sports.ru