Skoulz: "Pogba ketaversin"

Mirjalol Normatov
18 sen 2019
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqida gapirdi.

"Uning kyetishni istayotgani g'alati holat. U "Real"ga o'tishni istamoqda, biroq buning aniq bir sababi ham yo'q.

Agarda jiddiy taklif chiqadigan bo'lsa, Krishtianu kabi u ham "Real"ga o'tib kyetishiga ishonaman.

Vaziyatga qarash kerak. U ketaversin. Bu MYU uchun katta yo'qotish bo'lmaydi.

Uning hozirgi holati o'tgan yillar kabi ajoyib emas. Uning o'rnini bosadigan futbolchilar topiladi", - dedi Skoulz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express