Skoulz nega MYUdan taklif olmayotganini tushuntirib berdi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2017, 15:21
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning fikricha, u OAVda mankunianlarni ko'p tanqid qilgani uchun uni jamoada ishlashga taklif qilishmayapti.

Skoulz klub sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal haqida salbiy fikr bildirgan. Keyinroq u Joze Mourinyoni ham tanqid qildi.

"Ularning o'yini haqida bir necha marta salbiy fikr bildirganim uchun bo'lishi mumkin. Men shunchaki o'ylayotganimni aytdim. Hozir vaziyat o'zgardi, ammo Mourinyo kelgunigacha jamoa hech qanday sovringa da'vogarlik qilmagan.

20 yil davomida klubda ishladim va hayotimning eng yaxshi damlarini o'tkazdim. Ularni doimo tanqid qilishni istamayman, ammo o'yinni ko'rib, jamoani himoya qilish qiyin" - deydi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News