Skoulz: "Nega Angliya bir marta jahon chempionatini qabul qilgani meni doimo hayratlantiradi"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2014, 18:29
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati haqida gapirib o'tdi.

"Manchester Yunayted"da o'ynagan kezlarim, Qatarda bo'lganman. U er menga infrastrukturaga ega, barcha texnika bilan jihozlangan joydek tuyulgandi. Jahon chempionatini u yerda o'tkazish - aqlsizlik, ayniqsa yozda, Qatarda juda issiq.

Meni doimo hayron qoldiradigan narsa bu - barcha sharoitlarga ega bo'lgan, futbolni sevishadigan Angliya kabi mamlakatda mundialning bir marta o'tkazilganidir. Futbolchilar siyosatga qiziqishmaydi, ammo bu narsa ajablantiradi" - deydi Skoulz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com