Skoulz: “Faqatgina bir klub MYUdan ketishni taklif qilgan”

Eldor Akmurzayev
11 apr 2020, 21:55
“Manchester Yunayted” afsonasi Pol Skoulz futbolchilik faoliyatini “qizil iblislar”ga bag'ishlagan bo'lib, 2013 yil butsalarini mixga ilgan edi.

“MYUga boshqa takliflar bo'lganmi yo yo'q buni aniq ayta olmayman. Menga ketishni faqatgina bir marta taklif etishgan. 2000 yil qo'ng'iroq qilishdi va “Inter”da o'ynashni xohlamaysizmi, deb so'rashdi. Taklif juda ajoyib edi, ammo men Manchestyerdan bo'lgan bolakay dunyoning eng yaxshi klubida o'ynardim va agar murabbiy menga kerak emasligim haqda to'g'ridan-to'g'ri aytganida edi, “Yunayted”ni tark etgan bo'lardim”, deydi angliyalik sobiq xavbek.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua