Skaloni: "Argentina finalga haqli edi"

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2019, 14:54
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Kopa Amerika-2019 yarim finalida Braziliyadan uchralgan mag'lubiyat (0:2)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Finalga chiqishga haqli jamoa Argentina bo'lgandi. Biz Braziliya terma jamoasidan ustun bo'ldik.

Milliy terma jamoamiz uchun yaxshi imidj yarata oldik.

Hozir mening kelajagimni muhokama qilish uchun qulay fursat deb o'ylamayman. Bu ayni pallada meni eng kam xavotirlantirayotgan jihat.Men futbolchilar bilan birga bo'lishni va og'ir vaziyatda dalda bo'lmoqlikni xohlayman", - dedi Skaloni.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com