"Siti" sobiq futbolchisi Varan haqida: "U van Deyk yoki Diashdek bo'lishiga ishonchim komil emas"

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2021, 16:19
O'z vaqtida "Manchester Siti"da to'p tepgan Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Denni Millz Rafael Varanning "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida gapirdi.

"Ispaniyada Chempionlar ligasini hisobga olmaganda mavsumda faqatgina 6ta qiyin o'yin o'tkazasiz. APLda esa bu ishni har hafta qilish kerak.

Boshqa chempionatlardan APLga o'tgan o'yinchilar bilan gaplashganingda, ular doim tezlik haqida gapirishadi. Jadvalning pastki qismidagi jamoalar bilan o'ynaganingda ham 90 daqiqa tinmay ter to'kishing kerak. Har hafta. Bu yerda engil uchrashuvlar bo'lmaydi, Varan bunga ko'nikishi zarur.

Premer-liga LaLigadan keskin farq qiladi. Varan - hujumkor o'yinchi emas. Himoyachilar uchun jismoniy yuklamalar va tezlik muvozanatini ushlab turish oson emasligini ko'ryapmiz.

LaLigada Varan 70-75 % kuchini ishlatib harakatlanadigan o'yinlar ko'pligiga aminman. Bunday to'qnashuvlarda "Real" to'p bilan ko'p muomala qiladi va katta bosim his qilmaydi.

APLda esa bunday bo'lmaydi. Bunga imkon qadar tez ko'nikish kerak. Unda chindam ham yaxshi sheriklar bor - Xarri Maguayr, Lyuk Shou, Aaron Van-Bissaka yoki Tripper (Kiran hozircha MYU futbolchisi emas).

Bu yaxshi transfer. Lekin, Varan kelishi bilan Virjil van Deyk yoki Ruben Diash kabi ajoyib harakat qilishiga ishonchim komil emas", - dedi Millz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk