"Siti" MYU rekordini takrorladi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024
Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Manchester Yunayted"ning rekordini qaytardi.

Bu haqda "The Analyst" ma'lumot berdi. 

Xabar qilinishicha, 2024/25 yilgi Chempionlar Ligasi asosiy bosqichi 2-turi doirasidagi Slovakiyaning "Slovan" klubi ustidan qozonilgan g'alaba "shaharliklar"ning Yevropaning asosiy klub turniridagi ketma-ket 25-mag'lubiyatsiz o'yini bo'ldi. "Manchester Siti" oxirgi marta 2021/22 yilgi mavsum yarim finalda "Real"ga mag'lub bo'lgandi.

"Manchester Yunayted"ning 2007 yilning sentyabridan 2009 yilning mayigacha davom etgan rekordi 25 o'yinda to'xtagan.

Shu tariqa "Manchester Siti" uchinchi tur uchrashuvida o'z maydonida Chexiya "Sparta"siga qarshi o'yinda mag'lub bo'lmasa, Chempionlar Ligasining tarixiy rekordini o'rnatadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Analyst