Siroj Samarqand sen bilan xayriya akciyasi o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2017, 14:35
Dinamo klubi sobiq futbolchisi 35 yoshli Sirojiddin Sayfiev saraton (Rak) kasalligiga chalingani e'lon qilingach, ayni vaqtda uni qo'llab-quvvatlash uchun #TaslimBo'lmaSiroj akciyasi e'lon qilingan.

15 aprel, shanba kuni 6-tur doirasidagi Dinamo - Buxoro o'yinida ham Dinamo stadionida Siroj Samarqand sen bilan xayriya akciyasi o'tkazildi. Shu kuni o'yingoh darvozasi oldida qutilar tashkil etilgan edi.

Shu kuni Dinamo va Buxoro jamoalari ham futbolchini qo'llab-quvvatlab, #BizSenBilanSiroj yozuvi ostidagi futbolkalarda maydonga tushib kelishdi.

Futbolchilik faoliyati davomida samarqandlik minglab muxlislarni o'z o'yinlari bilan xursand etgan Sirojiddin Sayfievning bugungi taqdiri Dinamo jamoasining hech bir ishqibozini bee'tibor qoldirmadi.

Dinamo - Buxoro (3:1) uchrashuvi yakunlangach, muxlislar faoli Shavkat Burhonov, Dinamo stadioni hisobchisi Yuliya Lagutina va Dinamo klubi matbuot kotibi Usmon Ibodov ishtirokida komissiya tuzilib, xolis muxlislar ko'z o'ngida yig'ilgan 4 038 000 (to'rt million o'ttiz sakkiz ming) so'm pul stadionning o'zida Sirojiddin Sayfievning otasi Shamsiddin aka Sayfievga topshirildi. O'z o'rnida Shamsiddin aka ham barchaga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Xalqimizning bunday g'amxo'rligi va eng asosiysi e'tibordan kishi dili ko'tariladi. Shu o'rinda Sirojidin Sayfievga Xudodan shifo tilab qolamiz. Biz sen bilan Siroj!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz